Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i uchun 20 ming dollarlik da’vo: Sardor Mamadaliyev sud mojarosiga ochiq munosabat bildirdi

Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i uchun 20 ming dollarlik da’vo: Sardor Mamadaliyev sud mojarosiga ochiq munosabat bildirdi

Xonanda Sardor Mamadaliyev Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlar bilan bog‘liq sud ishi yana davom etayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, da’vogarlar undan ma’naviy zarar uchun qariyb 20 ming dollar talab qilmoqda.

Sardor Mamadaliyev ijtimoiy tarmoqda video e’lon qilib, sudga chaqirilganini aytdi. Xonanda bu ish yana Sherali Jo‘rayev qo‘shiqlarining ijrosi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marhum san’atkorning qo‘shig‘ini tijoriy maqsadda emas, uning xotirasiga hurmat sifatida ijro etgan. Bu chiqish "Cho‘tki TV" vakilining iltimosi bilan amalga oshirilgan. Sardor Mamadaliyevning aytishicha, o‘sha kishi masalani o‘zi hal qilishini bildirgan, ammo hozir telefon qo‘ng‘iroqlariga ham javob bermayapti.

"Bir insonni hurmat qilib, o‘tgan kunini xotirlab qo‘shiq ijro etgandim. Sherali Jo‘rayevning nomi orqali pul topish maqsadimiz bo‘lmagan. Endi esa qariyb 20 ming dollar ma’naviy zarar so‘rashyapti", dedi xonanda.

Sardor Mamadaliyev bu tashabbus Sherali Jo‘rayevning ayollari tomonidan chiqqan deb o‘ylamasligini ham aytdi. Uning fikricha, bu g‘oya marhum xonandaning atrofidagi ayrim insonlardan chiqqan bo‘lishi mumkin.

Xonanda bunday sud ishlarini to‘xtatish kerakligini bildirib, "Bu besh kunlik dunyoda bunday ishlarga barham berish kerak", deya murojaatini yakunladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar