Eldor Shomurodov: "'4 ta brendning ambassadoriman" (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "Nima gap?" ko‘rsatuvida shaxsiy faoliyati bilan bog‘liq qiziqarli savollarga javob berdi.
Ko‘rsatuv davomida futbolchidan "Biron joyda ambassadormisiz yoki yo‘qmi?" degan savol so‘ralgan. Shomurodov esa hozirda bir nechta kompaniya va brend bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. "3 ta yoki 4 ta joyda ambassadorman. Bular bank, 'Jetour' avtomobillari, suv va 'Clear' shampuni", — dedi futbolchi.
Shomurodovning ushbu javobi ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik terma jamoa sardori nafaqat futbol maydonida, balki yirik brendlar bilan hamkorlik qilayotgan sportchilardan biri ekanini ta’kidlamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…