Shahlo Ahmedovaning yuziga gul otib yuborishdi! Shahlo Ahmedova sahnadagi holatga qanday javob berdi?

Shahlo Ahmedovaning yuziga gul otib yuborishdi! Shahlo Ahmedova sahnadagi holatga qanday javob berdi?

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shahlo Ahmedovaning konsertdagi chiqishi aks etgan video keng tarqalmoqda. Jonli ijro paytida tomoshabinlardan biri guldastani xonandaning yuziga qaratib otib yuborgan.

Videoda sahnaga yaqin turgan shaxs avval Shahlo Ahmedovaga gul bermoqchi bo‘lgani ko‘rinadi. Xonanda tabassum bilan unga qo‘lini cho‘zgan, ammo tomoshabin guldastani bermay, orqaga tortgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Shahlo Ahmedova qo‘shiqni davom ettirayotganida o‘sha tomoshabin gulni uning yuzi tomon otgan. Kutilmagan harakatga qaramay, xonanda ijroni to‘xtatmagan.

Shahlo Ahmedova guldastani xotirjamlik bilan olib, hech qanday e’tiroz bildirmasdan qo‘shig‘ini davom ettirgan. Uning sahnada o‘zini bosiq tutgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar