Xonanda Azoda Istanbulda operatsiya qilindi: xonandaning so‘zlari muxlislarini xavotirga solib qo‘ydi!

Xonanda Azoda Istanbulda operatsiya qilindi: xonandaning so‘zlari muxlislarini xavotirga solib qo‘ydi!
Qisqacha

Xonanda Azoda jarrohlik amaliyotini o'tash maqsadida Istanbul shahriga borgan va operatsiyadan sog'-omon chiqqan. Safar oldidan ijtimoiy tarmoqda video joylagan xonanda qiyinchiliklarga qaramay yaxshilikka ishonishini bildirgan edi. Hozirgi vaqtda uning turmush o'rtog'i Istanbulda yonida bo'lib turibdi va tahlil natijalari kutilmoqda. Muxlislar izohlarda san'atkorga tezroq sog'ayish va mustahkam sog'liq tilamoqda.

Xonanda Azoda operatsiya o‘tkazish uchun Istanbulga yo‘l oldi. U safar oldidan ijtimoiy tarmoqda video joylab, qiyinchiliklarga qaramay yaxshilikka ishonishini bildirdi.

"Yig‘lamayman, yig‘lay olmayman, chunki har bir qiyinchilikdan so‘ng albatta yaxshilik kelishiga chin dildan ishonaman", deb yozdi xonanda.

Keyinroq uning sahifasida Azoda operatsiyadan sog‘-omon chiqqanini bildiruvchi xabar paydo bo‘ldi. Unda xonanda uchun duo qilgan barchaga minnatdorlik bildirilgan va endi tahlil natijalari kutilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, Azodaning turmush o‘rtog‘i Istanbulda uning yonida ekani va muxlislarga xavotir olmaslik aytilgan. Xonandaning kuzatuvchilari izohlarda unga tezroq sog‘ayish va mustahkam sog‘liq tilamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar