Karlos Teves: "Messi va Ronaldu bir jamoada o‘ynashga rozi bo‘ldi"

Karlos Teves: "Messi va Ronaldu bir jamoada o‘ynashga rozi bo‘ldi"

Jahon futbolining ikki afsonasi — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu tez orada ilk bor bir jamoa safida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda argentinalik sobiq futbolchi Karlos Teves «Foot Mercato» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Teves 2026 yil dekabr oyida Buenos-Ayresdagi «La Bombonera» stadionida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. U mazkur bahsga faoliyati davomida birga o‘ynagan sobiq jamoadoshlari va yaqin do‘stlarini taklif qilmoqchi. Ular orasida Messi va Ronaldu ham bor.

Tevesning so‘zlariga ko‘ra, u har ikki futbolchini bir jamoada ko‘rishni uzoq vaqtdan beri orzu qilgan. Sobiq hujumchi Ronaldu bilan bog‘langan va portugaliyalik futbolchi taklifni qabul qilgan. Messini ham taklifga ko‘ndirish qiyin bo‘lmagan.

«Ronaldu u yerda bo‘lishini aytdi. Leoning roziligini olish ham qiyin bo‘lmadi. Ikkalasi ham rozi bo‘ldi. Men buni intiqlik bilan kutyapman. Bu juda ta’sirli o‘yin bo‘ladi», — dedi Teves.

Agar reja amalga oshsa, Messi va Ronaldu faoliyatlarida ilk bor bir jamoa safida maydonga tushadi. Ular avval turli jamoalarda o‘zara raqib sifatida ko‘p bor to‘qnash kelgan.

Tevesning xayrlashuv uchrashuvi dekabr oyida «La Bombonera»da o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq uning aniq sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Karlos Teves 2022 yil iyun oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U Lionel Messi bilan Argentina terma jamoasida, Krishtianu Ronaldu bilan esa «Manchester Yunayted»da birga o‘ynagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar