Namangandagi tezkor tadbirlarda 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish126
Namangandagi tezkor tadbirlarda 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi

Namangan viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 103 nafar shaxsdan noqonuniy buyum va ashyolar aniqlangan. Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tadbirlar viloyat IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar natijasida 37 nafar shaxsning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari, 66 nafar shaxsda esa ma’muriy huquqbuzarlik belgilari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tezkor tadbirlar davomida 35 dona sovuq qurol aniqlangan. Shuningdek, giyohvandlik vositalarini saqlash, sotish va yetishtirish bilan bog‘liq 19 ta holat fosh etilgan. Ashyoviy dalil sifatida 400 grammdan ortiq giyohvandlik moddasi hamda 11 tup giyohvandlik o‘simligi olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 4 ta o‘qotar va 2 ta pnevmatik qurol aniqlangan. Noqonuniy valyuta saqlash bilan bog‘liq yana bir holat ham fosh etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbirlar natijasida ilgari ochilmay qolgan 15 ta jinoyat ham aniqlangan. Qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlangan bo‘lsa, bedarak yo‘qolgan 2 nafar fuqaro topilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?