"Ummon" guruhi Buxorodagi bekor qilingan konsertiga izoh berdi

"Ummon" guruhi Buxorodagi bekor qilingan konsertiga izoh berdi

"Ummon" guruhi intervyularidan birida Buxoroda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq bekor qilingan konsert dasturi haqida gapirdi. Guruh a’zosi Shoxruh Isamuhammedov konsertning bekor bo‘lishiga tashkilotchi bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab bo‘lganini aytdi.

Suhbat davomida xonandalarga boshqa hududlardagi konsertlaridan so‘ng Buxorodagi chiqishlari atrofida turli tanqidlar va salbiy fikrlar ko‘paygani haqida savol berildi.

«Asosiy aybdor, desa ham bo‘ladi, bu — organizator. Chunki biz organizatorga ishonib boramiz. Biz Buxorodagi konsertga tayyor edik, lekin kelishmovchiliklar bo‘ldi. Bizning talablarimiz va o‘rtamizdagi kelishuvlar organizator tomonidan bajarilmadi. Shuning uchun shunday bo‘lib qoldi», — dedi Shoxruh Isamuhammedov.

U Buxorodagi muxlislarni qadrlashini va ular uchun tez orada xushxabar bo‘lishini ham ta’kidladi.

«Bizda, Xudo xohlasa, Buxoroga juda katta yangiligimiz bor. Buxorolik muxlislarimizni juda yaxshi ko‘ramiz. Ularni hech qachon xafa qilgimiz kelmaydi. Tez kunda bu yangiligimizni e’lon qilamiz», — dedi guruh a’zosi.

Jurnalistning «Balki qandaydir konsert bo‘lar?» degan savoliga Shoxruh Isamuhammedov: «Konsert bilan, Xudo xohlasa, xursand qilamiz», — deya javob berdi.

Konsert qachon bo‘lishi haqidagi savolga esa xonanda hozircha aniq sana belgilanmaganini, biroq bu borada ish olib borilayotganini aytdi.

«Hozir shu narsaning ustida shug‘ullanyapmiz. Konsertlar juda ko‘p edi, shu konsertlardan ozgina bo‘shadik. Endi, Xudo xohlasa, shu bilan shug‘ullanyapmiz. Tez kunda albatta e’lon qilamiz», — deya gapini yakunladi xonanda Shoxruh Isamuhammedov.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar