Munisa Rizayeva o‘g‘lining kelajakda kim bo‘lishini xohlashini aytdi (video)

Xonanda Munisa Rizayeva muxlislaridan kelgan savollarga javob berdi. Ulardan biri xonandadan o‘g‘lining kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishini istashi haqida so‘radi.
Munisa Rizayeva bu borada farzandiga tanlov erkinligini berishini, u qaysi kasbni tanlamasin, ona sifatida doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
“Voy, mening o‘g‘lim har qanday kasbni tanlashi mumkin. O‘zi xohlagan kasbni tanlaydi va men ona sifatida uni doim qo‘llab-quvvatlayman. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, eng asosiysi, narkoman, o‘g‘ri yoki firibgar bo‘lmasa bo‘ldi”, — dedi xonanda.
Shuningdek, Munisa Rizayeva o‘g‘lining kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lib ulg‘ayishini istashini bildirdi. Uning fikricha, farzandining qanday kasb egasi bo‘lishidan ko‘ra, qanday inson bo‘lib voyaga yetishi muhimroq.
“Albatta, uning foydali inson bo‘lishini xohlayman. Yaxshi inson bo‘lsin, odamlarga yordam bersin, saxiy bo‘lsin, boy bo‘lsin”, — deya o‘z istaklarini bayon qildi Munisa Rizayeva.






























Izohlar 0
…