Nigina Jabborova tug‘ilgan kunini o‘zgacha nishonladi (video)

Nigina Jabborova tug‘ilgan kunini o‘zgacha nishonladi (video)

Aktrisa va bloger Nigina Jabborova yana bir yoshni qarshi oldi. U Instagram sahifasida tug‘ilgan kuni munosabati bilan tayyorlangan video va suratlarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Videoda aktrisaning milliy libosda, qo‘lida kichik tort va bitta sham bilan tug‘ilgan kunini qarshi olgani aks etgan. Nigina Jabborova suratlari ostiga “Yilda bir marta keladigan kun va bu o‘sha kun”, deya izoh qoldirgan.

Aktrisaning kuzatuvchilari uni tavallud ayyomi bilan tabriklab, izohlarda samimiy tilaklarini yozmoqda.

Biz ham Nigina Jabborovani tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt, ijodiy muvaffaqiyatlar va quvonchli kunlar tilab qolamiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar