Parizoda kecha 39 yoshini va to‘yining 16 yilligini nishonladi (video)

Parizoda kecha 39 yoshini va to‘yining 16 yilligini nishonladi (video)

Raqqosa Parizoda kecha, 19 sentyabr kuni o‘zi uchun ikki karra bayram ekanini ma’lum qildi. U ayni sanada tug‘ilgan kunini nishonlagan bo‘lsa, bundan 16 yil avval ham shu kuni turmush qurgan.

San’atkor ushbu quvonchli sanalar munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida nostaljik video bilan bo‘lishdi. U videoga izoh qoldirib, kecha uning hayotidagi ikki muhim sana bir kunga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan.

“Nostalgiya. Bugun to‘y kunimizga 16 yil bo‘libdi. Bugun ikkita qo‘sha bayram — tug‘ilgan kunim va to‘y kunimiz”, — deya yozgan Parizoda.

Shunday qilib, raqqosa kecha 39 yoshini qarshi olgan bo‘lsa, oilaviy hayotining 16 yilligini ham nishonladi. Parizodaning kuzatuvchilari esa uni har ikki sana bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirishmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar