Maftuna Shokirovaga dugonalari unutilmas tug‘ilgan kun syurprizini uyushtirdi (video)

Aktrisa va bloger Maftuna Shokirova bugun, 17 noyabr kuni 31 yoshni qarshi olmoqda. U tavallud ayyomi munosabati bilan yaqinlari tomonidan uyushtirilgan kutilmagan syurpriz aks etgan videoni Instagram sahifasida e’lon qildi.
Videoda aktrisaning yaqin dugonalari va hamkasblari — Imona G‘ayratova, Xonzoda Do‘stova, Zebo Rahimova va boshqalar turli obrazlarda uning xonadoniga tashrif buyurgani aks etgan. Ular o‘zlari bilan bayram torti, gullar hamda qimmatbaho sovg‘alarni olib kelib, Maftunani samimiy tabriklashgan.
Kutilmagan mehmonlarni ko‘rgan Maftuna avvaliga hayratda qolgan bo‘lsa, keyinchalik yaqinlarining e’tibori va mehridan quvonchi cheksiz bo‘lgan. Xonadonda ko‘tarinki kayfiyat, kulgu va bayramona muhit hukm surgan.
Aktrisa videoga «O‘sha orzudagi tug‘ilgan kun!» deya izoh qoldirgan. Uning kuzatuvchilari ham izohlarda Maftunani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga ezgu tilaklarini yo‘llamoqda.
Ma’lumot uchun, Maftuna Shokirova 1995 yil 17 noyabr kuni Navoiy viloyatida dunyoga kelgan. U oilada uch o‘g‘ildan keyin tug‘ilgan yagona qiz farzand hisoblanadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…