Aziza Niyozmetova litsenziyasi tugatilgani bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Aziza Niyozmetova litsenziyasi tugatilgani bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi
O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xonandalar Tohir Sodiqov, Sharof Muqimov, Aziza Niyozmetova va Sherali Bekmurodovlarning litsenziyasini ma’lum muddatga to‘xtatgani haqida xabar bergan edik. Aziza Niyozmetova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida litsenziyasi tugatilishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

Xonandaning ma’lum qilishicha, unga berilgan lisenziya majburiy sug‘urta badalini to‘lamagani uchun bekor qilingan.

Aziza Niyozmetova litsenziyasi tugatilgani haqidagi muxlislarining savollariga javob berar ekan, “Hammasi yaxshi bo‘ladi, litsenziyam vaqtinchalik to‘xtatildi”, deb yozdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar