Lolaning 19 yoshli qizi sahnaga chiqib, barchani hayratga soldi

O‘zbekistonlik mashhur xonanda Lolaning qizi Shahina ham san’at olamiga kirib kelmoqda. Yosh xonanda Toshkentda o‘tkazilgan festival doirasida ilk bor katta sahnaga chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shahina 2024 yil yozida onasining izidan borishga qaror qilgan. U shu yili o‘zining ilk «Paris» nomli musiqiy taronasini taqdim etgan.
Shahina ijodiy faoliyatida Mommy Bless sahna taxallusidan foydalanadi. Hozirda 19 yoshda bo‘lgan yosh xonanda musiqa sohasida o‘z yo‘lini topishga harakat qilmoqda.
Qizig‘i, uning onasi — xonanda Lola ham san’atga juda yoshligidan kirib kelgan. Lola ilk bor 13 yoshida sahnaga qadam qo‘ygan.
Endi esa onasining izidan borayotgan Shahina ham o‘z ijodi bilan muxlislar e’tiborini qozonishga bel bog‘lagan. Yosh xonandaning kelgusi ijodiy ishlari san’at ixlosmandlari tomonidan qiziqish bilan kutilmoqda.






























Izohlar 0
…