13:39 / 29.01.2018
9 353

Umidaxon to‘yxonada navbat talashib janjal ko‘tardimi?

Umidaxon to‘yxonada navbat talashib janjal ko‘tardimi?
So‘nggi paytlarda tinimsiz izlanishda, yangi qo‘shiqlar taqdim etib borayotgan xonanda Umidaxon bir mashmashaga aralashib qoldi…

Kuni kecha xonanda “Ummon” to‘yxonasida hamkasbi bilan gap talashib, urishib ketishgani haqida gap tarqadi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Guvohlarning aytishicha, Umidaxonni “raqibi” san’atga endi kirib kelgan xonandalardan biri Xadicha ekan. Kim birinchi to‘yxona sahnasiga chiqarkan deya ko‘tarilgan janjal mehmonlarning e’tiborini tortmasdan qolmadi. Hatto to‘y egasi ham aralashganini ta’kidlashyapti, deb yozadi nashr.

Xo‘sh, xonandalar o‘rtasida nima gap-so‘z bo‘ldi, ular nima talashganini bilish uchun ular bilan bog‘landik.

Umidaxon: — Birinchidan, meni bunday gap-so‘z, mish-mishlarga aralashtirishlarini xohlamayman. Ikkinchidan, “Ummon”ga borganimga ham ancha vaqt bo‘ldi. Uchinchidan, xonanda Xadicha to‘ylarga umuman chiqmaydi. Bunday bo‘lmag‘ur gaplarni tarqatgan insonga insof bersin.

To‘yxonada navbat talashib, kim birinchi sahnaga chiqishini hal qilish mening ishim emasligini ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Bu masalalarni ma’murim hal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Umidaxon to‘yxonada navbat talashib janjal ko‘tardimi?