Shoxruhxon va Umidaxon yangi dueti bilan muxlislarni xursand qildi (video)

Xonandalar Shoxruhxon va Umidaxonning uzoq kutilgan "Xatlar" nomli yangi dueti bugun, soat 19:00 da YouTube platformasida rasman taqdim etildi. Premyera muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Qo‘shiq e’lon qilinganiga hali ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, u qisqa fursatda minglab tinglovchilar e’tiborini qozonishga ulgurdi. Tarona ijtimoiy tarmoqlarda faol ulashilmoqda, videoklip ostida esa muxlislar samimiy va iliq fikrlarini qoldirib, duetni yuqori baholamoqda.
Ko‘plab tinglovchilar Shoxruhxon va Umidaxonning ovoz uyg‘unligi, qo‘shiqning ta’sirli matni hamda kuyini alohida e’tirof etmoqda. Ayrim muxlislar esa ushbu duet yilning eng chiroyli premeralaridan biri bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, "Xatlar" qo‘shig‘ining matni va musiqasi Shoxruhxonga tegishli. Yangi ijod namunasi qisqa vaqt ichida tinglovchilar qalbidan joy olib, musiqasevarlar orasida keng muhokama qilinmoqda.






























Izohlar 0
…