Murod Nazarov rafiqasi bilan qanday tanishganini esladi: «Bir ko‘rishdayoq sevib qolganman»

Murod Nazarov rafiqasi bilan qanday tanishganini esladi: «Bir ko‘rishdayoq sevib qolganman»
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Murad Buildings» kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov turmush o‘rtog‘i Umidaxon bilan birinchi ko‘rishdayoq sevib qolganini intervyusida aytib berdi.
  • U rafiqasini to‘yda ko‘rib qolgan va Yaponiyaga jo‘nab ketishidan oldin «bir ko‘rishdayoq muhabbat» hissini tuygan.
  • Murod Nazarov Yaponiyada bo‘lgan paytida Umidaxonga muntazam xatlar va kichik sovg‘alar yuborgan, chunki o‘sha vaqtlarda internet hali bo‘lmagan.

O‘zbekistonlik tadbirkor, «Murad Buildings» qurilish kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov intervyularidan birida turmush o‘rtog‘i Umidaxon bilan qanday tanishgani va uni bir ko‘rishda sevib qolgani haqida gapirib berdi.

Tadbirkorning aytishicha, u rafiqasini to‘yda ko‘rib qolgan va ilk uchrashuvdayoq unga nisbatan hislari paydo bo‘lgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Murod Nazarov Yaponiyaga jo‘nab ketgan. Biroq bu uning munosabatlarini davom ettirishiga to‘sqinlik qilmagan.

«Hayotda ham shunaqaman. Bitta narsa qilaman desam, har xil narsani ishga solaman, lekin qilaman. Ayolimni to‘yda ko‘rib qolganman. Yaponiyaga uchib ketishimdan bir kun oldin “Bir ko‘rishdayoq muhabbat” degan narsa bo‘lgan. Uni birinchi ko‘rganimdayoq shunday his paydo bo‘lgan», — deya esladi Murod Nazarov.

U Yaponiyada bo‘lgan paytida bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga muntazam xatlar va kichik sovg‘alar yubora boshlagan. O‘sha vaqtlarda internet hali bo‘lmagani sababli ular asosan pochta orqali aloqa qilgan.

«U yoqdan birinchi kundan boshlab xatlar jo‘natardim. Kichkina-kichkina sovg‘achalar jo‘natardim pochtadan. Internet u payti hali yo‘q edi. Onamga: “Qarang, uzatib yubormasin, qarab turing”, deganman. Ular ushlab turganlar. Men bu yerdan sovg‘a-salom jo‘natib turardim», — dedi tadbirkor.

Ular tanishgan paytda Umidaxonga boshqa sovchilar ham kelgan. Biroq Murod Nazarovning so‘zlariga ko‘ra, uning oilasi bilan tanishuv paytida bo‘lajak rafiqasining munosabatidan nimanidir sezishgan.

«Shuncha sovchi kelsa ham, “Choy olib kirgin”, deyishsa ham Umidaxon choy olib kirishga bir marta ham qadam bosmagan bo‘lsa-da, biz kelgan kunimiz olib kirishni boshlaganlar. O‘shani o‘zidayoq sezishgan. Boshqalar kelganda nima deysan deyishganda: “Men erga tegmayman”, deydigan qiz biz kelgan kunimiz: “bilmayman”, deganlar-da», — deya kulib esladi u.

Ma’lumot uchun, Murod Nazarov yaqinda katta o‘g‘lini uylantirdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘yda taniqli san’atkorlar, biznes hamkorlari, yaqinlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar