08:30 / 15.05.2018
4 706

"Qiz farzand ko‘rish istagim ham amalga oshadi..."

"Қиз фарзанд кўриш истагим ҳам амалга ошади..."
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ulug‘bek Rahmatullayev va Ziyoda Qobilovalar juda ko‘p duet kuylashgan. Tabiiyki, hamkorlik davrida turli savollar ham tug‘iladi. Anglaganingizdek, ikki ijodkorning o‘zaro kichik intervyusini e’tiboringizga havola etamiz.

Avval, Ulug‘bek Rahmatullayev Ziyoda Qobilovaga savollarini taqdim etdi.

— Oilangizda qizlar ko‘pligini bilaman. Bugun esa ikki o‘g‘il farzandning onasisiz. Aytingchi, o‘g‘il bolani tarbiyalashda qiynalmayapsizmi? Nimalarga ko‘proq ahamiyat beryapsiz?
— Kenjamiz hali kichkina, lekin katta o‘g‘lim Komron doim o‘z aytganini qildirgisi keladi. Lekin u aytgan hamma narsani muhayyo qilish to‘g‘ri emasligini bilamiz va iloji boricha qattiqqo‘lroq bo‘lishga harakat qilamiz. Ammo u gap-so‘zlari bilan bizni “eritishni” biladi. Bola besh yoshgacha podshoh, deyishadi. Erkalik qilib tursin, keyin qat’iyroq bo‘lamiz.

— Sizni Umida Mirhamidovaning shogirdi deyishadi, shu rostmi? Va qachon ular bilan duet kuylashni rejalatirgansiz?
— Ha, Umida Mirhamidova ustozim, qo‘limdan tutib san’at yo‘liga boshlaganlar. Duetga kelsak, “Oq atir gullar”ni birgalikda “Mening yurtim” telekanalining loyihasida ijro etgan edik. Xabaringiz yo‘q, shekilli. Kelajakda yana hamkorlik qilish niyatimiz bor...

— Aytingchi, ayollarning hammasi ekstremal sport turlariga o‘ch bo‘lishadimi yoki faqat mening rafiqamda shundaymi? Doim parashyutdan sakraylik deyaveradi-da...
— Boshqalarni bilmadim-u, lekin men balandlikdan sakrash, tez yuruvchi attraksionlardan qo‘rqaman. Nazarimda, bu odamning xarakteridan kelib chiqqadigan qiziqish bo‘lsa kerak.

— Shaxsan men, san’at va ish deb bolalarimning yonida ko‘p bo‘la olmayotganimdan achinaman. Sizda ham shundaymi?
— Hamma ota-ona farzandi bolaligida ko‘proq yonida bo‘lgisi keladi. Lekin san’atkorning ishida tartib yo‘q. Bu aksariyat hamkasblarimizni qiynayotgan muammo. Ona sifatida bolalarimning yonida ko‘proq bo‘lishga harakat qilaman. Shu sabab farzandimiz bittaligida o‘zimiz bilan olib yurardik. Hozir ikkita bo‘lgani uchun birga olib yurishimiz qiyin. Lekin shunday bo‘lsa-da, ular bilan o‘ynashga, bo‘sh vaqtim bo‘lganda, dam olishga birga borishga harakat qilaman.

— Ayni paytda qaysi orzuingizni amalga oshirishni istayapsiz?
— Shukr, orzularimga erishib kelyapman, qiz farzand ko‘rish istagim ham amalga oshadi deb niyat qilaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Qiz farzand ko‘rish istagim ham amalga oshadi..."