Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 1000 ta gol marrasiga yetadimi?

Zamonaviy futbol tarixining eng buyuk ikki afsonasi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o'zlarining uzoq yillik raqobatida yangi tarixiy marra sari dadil odishmoqda. Goal.com xabar berishicha, MLS'ning sobiq yulduzi Shaka Hislopning fikricha, ikkala futbolchi o'rtasidagi o'ziga xos «umumiy meros» tufayli Lionel Messi azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu 1000 ta gol marrasiga yolg'iz o'zi yetib borishiga aslo yo'l qo'ymaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirgi kunda ushbu ulkan marraga erishish yo'lida portugaliyalik yulduz yaqinroq kelgan. Saudiya Arabistonining An-Nasr klubi sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida klub va terma jamoa safida urgan gollari sonini 980 taga yaqinlashtirmoqda. U 41 yoshida ham o'zining yuqori sport formasini saqlab qolib, milliy jamoasi safida 146 ta gol muallifiga aylangan.
Yaqin Sharqdagi faoliyati davomida ham individual natijalarni yuqori darajada ushlab turgan hujumchi to'purarlik unvonlari va ichki chempionat sovrinlarini qo'lga kiritdi. Hatto uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetganidan keyin ham futbolchilik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida gap-so'zlar yuribdi.
Lionel Messining AQShdagi natijalari
Boshqa tomondan, Lionel Messi ham o'z pozitsiyasini boy bermayapti. 39 yoshli argentinalik futbolchi AQShning Inter Mayami klubi safida muvaffaqiyatli to'p surmoqda. U o'zining sakkizinchi «Oltin to'p» mukofotiga da'vogarlik qilib, MLS kubogi va eng yaxshi o'yinchi sovrinlarini qo'lga kiritgan.Argentinalik mashhur hujumchi o'zining terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasagan bo'lsa-da, u milliy jamoa safida 207 ta o'yin o'tkazib, 125 ta gol urishga ulgurgan edi. Janubiy Floridadagi klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan Messi umumiy hisobda 930 ta gol marrasiga yaqinlashmoqda.
Ekspertlarning fikrlari
King Casino ko'magida Goal.com nashriga eksklyuziv intervyu bergan Shaka Hislopning ta'kidlashicha, futbol muxlislari aynan shu ikki daho o'rtasidagi kurashni ko'rishni xohlaydi. Ikki futbolchi bir avlodni butunlay o'zgartirib yubordi va ular ko'rsatayotgan natijalar haqiqatan ham fenomenal darajadadir.«Agar biz ikkala o'yinchi ham 1000 tadan ortiq gol urganiga guvoh bo'lsak, bu ularning futboldagi umumiy merosiga to'la mos keladi», — deydi sobiq darvozabon. Shunga qaramay, boshqa bir ekspert, Manchester Yunayted sobiq hujumchisi Juzeppe Rossi esa Messining bu raqamlarga haddan tashqari e'tibor qaratishiga shubha bilan qarashini bildirgan.






























Izohlar 0
…