19:53 / 27.05.2018
6 042

«101-reys» filmining tayyorgarlik jarayonlari qanday o‘tmoqda? (foto)

«101-reys» filmining tayyorgarlik jarayonlari qanday o‘tmoqda? (foto)
«O‘zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissyor Akrom Shohnazarov hamda prodyuser Ravshan Norboyev tomonidan suratga olinayotgan «101-reys» filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda. Bu haqda «Xalq so‘zi» onlayn xabar bermoqda.

Film prodyuseri Ravshan Norboyev hamda rejissyor Akrom Shohnazarov, operatorlar Hasan va Husan Atabayevlar, montaj rejissyori Nina Sherkulova hamda bosh rassom Alisher To‘laboyevlar bilan ikki oydan buyon suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: «Xalq so‘zi»
Filmga 200 dan ortiq professional hamda maxsus tayyorgarlikka ega havaskor aktyor va aktrisalar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Film bosh qahramoni Zarxo‘ja Saidazimov roliga o‘n beshga yaqin professional aktyorlardan foto hamda video sinovlar o‘tkazildi. Bosh qahramonni qaysi aktyor gavdalantirishi borasida hali ham aniq to‘xtamga kelingani yo‘q.

Foto: «Xalq so‘zi»
«101-reys» filmi rejissyori Akrom Shaxnazarov bosh qahramon roli uchun aniq to‘xtamga kelolmayotgani sababini quyidagicha izohladi.

Bir yildan buyon O‘zbekiston qahramoni Zarxo‘ja Saidazimovning tashqi va ichki dunyosini o‘rganib yurganim bois, har tomonlama kuchli, ham tashqi ko‘rinish, ham xarakteri jihatdan ularning obrazini yaratib beradigan aktyor, qahramon qidirmoqdamiz. Filmimiz texnik tomonidan murakkab bo‘lganligi uchun, o‘rganadigan elementlari, texnik amallari va faktlari ko‘pligi sababli tayyorgarlik ishlari hamda kasting jarayonlari cho‘zilmoqda. Qahramonimiz ellik yoshda bo‘lishi kerak, bizga ma’qul bo‘lganlar yoki qirq yoshlar atrofida yoki 65-70 yoshlarda bo‘lib chiqmoqda. Ellik yoshda bo‘lgan professional hamda havaskor aktyorlarni kasting qilishda davom etmoqdamiz. Ushbu talablarimizga javob bera oladigan barchani kastingda kutib qolamiz.

Akrom Shaxnazarov, «101-reys» filmi rejissyori


Foto: «Xalq so‘zi»
Film uchun «Yo yashab qol, yoki inson bo‘lib qol» iborasi tanlangan.

Suratga olish ishlari 2018 yilning iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Film ijodkorlari mahoratli aktyor Javohir Zokirov ishtirokida «101-reys» filmining ilk tizerini e’lon qildi.

Foto: «Xalq so‘zi»
«101-reys» badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001 yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «101-reys» filmining tayyorgarlik jarayonlari qanday o‘tmoqda? (foto)