Yulduz Turdiyeva blogerlar bilan hamkorlik haqida ochiq gapirdi (video)

Yulduz Turdiyeva blogerlar bilan hamkorlik haqida ochiq gapirdi (video)

Xonanda Yulduz Turdiyeva “Navo mehmonda” dasturidagi suhbat davomida bugungi kunda san’atkorlar va blogerlar o‘rtasidagi hamkorlik masalasiga o‘z munosabatini bildirdi.

Boshlovchi tomonidan san’atkorlarning PR maqsadida blogerlar bilan ishlayotgani, ammo xonandaning bunday yo‘ldan yiroq ekani haqidagi fikrlar tilga olinib, bu borada uning qarashlari so‘raldi.

Yulduz Turdiyeva esa blogerlar bilan hamkorlikni inkor etmasligini, aksincha, bunday hamkorlikning foydali tomonlari borligini ta’kidladi. U Holiqjon ismli bloger bilan yaqinda hamkorlik qilganini, blogerning taklifi bilan yangi ochilgan to‘yxonada suratga tushganini aytib o‘tdi.

Shuningdek, xonanda o‘zining “Yorimaney” qo‘shig‘i premerasi vaqtida ham blogerlarni shaxsan taklif qilganini, ular esa hurmat bildirib, qo‘llab-quvvatlash uchun Samarqandga kelishganini esladi.

“Blogerlar bilan hamkorlik kerak. Chunki hozir deyarli hamma Instagramdan foydalanadi. Hatto 70-75 yoshli ota-onam ham ba’zan qo‘ng‘iroq qilib, 'Yulduz, seni mana bu yerda ko‘rdik', deyishadi”, — deya fikr bildirdi xonanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy axborot maydonida faol bo‘lish va auditoriya bilan yaqin aloqada qolish uchun blogerlar bilan ishlash muhim omillardan biriga aylanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar