“Assalom, mundial!” yangi talqinda internetni zabt etdi (video)

“Assalom, mundial!” yangi talqinda internetni zabt etdi (video)

Jahongir Poziljonov ijro etgan mashhur “Assalom, mundial!” qo‘shig‘ining ozarbayjoncha talqini ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mazkur qo‘shiqni ozarbayjonlik xonanda Aynur Yusifova ijro etgan bo‘lib, unda JCH–2026 musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston va Turkiya terma jamoalariga butun Ozarbayjon xalqining samimiy qo‘llovi ifoda etilgan.

Tarona qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari orasida mashhurlikka erishib, ko‘plab ijobiy izohlarga sabab bo‘lmoqda. Tinglovchilar qo‘shiqdagi iliq kayfiyat, do‘stona ruh va qardoshlik tuyg‘ularini alohida e’tirof etishmoqda.

Ushbu ijro O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki nafaqat mamlakatimizda, balki qardosh davlatlarda ham katta qiziqish va hayajon uyg‘otayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ko‘pchilik fikricha, bunday qo‘shiqlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar