Abbosbek Fayzullayev golini bo‘lajak rafiqasiga bag‘ishlagani haqidagi video tarmoqlarda qiziqish uyg‘otmoqda (video )

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Kolumbiyaga qarshi Jahon chempionati bahsida kiritgan golini oilasi va bo‘lajak rafiqasiga bag‘ishlaganini aytdi.
Uchrashuvdan keyingi intervyuda unga hazil tariqasida “Uylanish vaqti keldimi?” degan savol berildi. Fayzullayev esa qisqa qilib: “Tez orada”, — deya javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Abbosbek uchrashuvning 61-daqiqasida gol urib, milliy terma jamoamizning Jahon chempionatlari tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.
Natija jamoamiz foydasiga hal bo‘lmagan bo‘lsa-da, ushbu gol o‘zbek futboli tarixidan munosib o‘rin oldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…