Xadicha «Yolg‘iz qiz»ga klip suratga oldi (foto)

1 daqiqa o'qish10K
Xadicha «Yolg‘iz qiz»ga klip suratga oldi (foto)
Kuni kecha iste’dodli xonanda Xadicha “Yolg‘iz qiz” nomli yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi.
Xadicha «Yolg‘iz qiz»ga klip suratga oldi (foto)
Klip jarayonlari uch kun davomida poytaxtimizning turli go‘shalarida bo‘lib o‘tdi. Tasvirga olish maydonchasiga kelib, ijodkorlarning ishini kuzatdik, so‘ng xonanda Xadichani suhbatga chorladik.
– “Yolg‘iz qiz” qo‘shig‘ining g‘oyasi o‘zimga tegishli, oilada yolg‘iz qiz farzand bo‘lganim uchun bu mavzu menga begona emas. Qo‘shiq g‘oyasini iste’dodli shoir Hushnud Darveshga aytganimda, “xo‘p” dedi-yu, ertasigayoq she’rni jo‘natdi, – deydi Xadicha.
Dardli she’rga musiqa bastalashni yosh bastakorlardan biri Shohjahon Ergashev uddaladi. Endi navbat unga mos klip surtaga olishga keldi. Klip rejissyori Jamshid Isakxo‘jayev, operator Jasur Shametov bilan hamkorlikda syujet janridagi videolavha suratga olindi.
Xadicha «Yolg‘iz qiz»ga klip suratga oldi (foto)
– Klipga yosh iste’dodli, debyutant aktyorlarni taklif etdik. Uni rang-barang, tabiiy fonlar bilan boyitish uchun universitet, talabalar yotoqxonasi, temir yo‘l kabi bir nechta ob’yektlarni tanladik, – deydi klip rejissyori Jamshid Isakxo‘jayev.
Klip syujeti haqida ko‘p gapirmaymiz. Yaxshisi, premyerani kuting va xolis bahoni o‘zingiz bering!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?