
Dunyo bo‘ylab deyarli har uch-to‘rt oyning birida turli fleshmoblar urfga kirmoqda. Ommaning e’tiborini jalb etish, shunchaki “like” yig‘ish uchun odamlarning qilmagan usuli qolmayapti. Ma’lumki, bunday fleshmoblarning boshlanishi aksariyat hollarda chet davlatlarga borib taqaladi.
Bizning “zamonaviy” zamon bilan hamnafas yuradigan tinib-tinchimas odamlarimiz esa buni darrov o‘zlashtirishadi. Tabiiyki, birinchilik san’atkorlarimiz qo‘lida.
Quyidagi videoda aks etayotgan harakatlar ham go‘yoki kayfiyatni ko‘taruvchi, kulgili va ko‘ngilochar. Tanish chehralar boshlab bergan ushbu “yangilik” ham “kiki” singari moda bo‘ladi, chog‘i...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar