«MY5» telekanalining «Omon-omon» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida taniqli aktyor va suxandon Rixsitilla Abdullayev mehmon bo‘ldi.
Suhbat davomida Rixsitilla Abdullayev aktrisa Dilnoza Kubayevani qizg‘anishini ma’lum qildi.
Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullayev
«Dilnoza bilan ilk marta ‘Andishali kelinchak’ spektaklida partnyor sifatida ishlaganmiz. Men Arslonbek, Dilnozaxon Olmaxon rolini ijro etgan.
Dilnozani partnyor sifatida rashk qilaman. Rustam Sa’diyev va Gulchehra Jamilova, Lola Eltoyeva va Alisher Hamroyev, Zuhra Ashurova va Bekzod Muhammadkarimov kabi tomoshabinlarning sevimli kinojuftliklari bor. Umuman olganda, hamma aktyorning o‘z partnyori bor.
Ko‘p muxlislar Dilnoza Kubayeva bilan chiroyli juftliksiz, deb aytadi. Dilnoza bilan hozirda ‘O‘zbekcha ajrashish’ degan kinoda er-xotinlar obrazini gavdalantirmoqdamiz. U yangi filmda mahalla raisi rolini ijro etadi», — deydi Rixsitilla Abdullayev.
Aktyor, shuningdek, «Sevgi» deb nomlangan teleserial ham suratga olinganini ham aytib o‘tdi. Ushbu teleserialda ham bosh rollarni Rixsitilla Abdullayev hamda Dilnoza Kubayeva ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?