Sug‘diyona Ubaydullayeva cho‘pon yigitga turmushga chiqish haqida gapirdi (video)

Sug‘diyona Ubaydullayeva cho‘pon yigitga turmushga chiqish haqida gapirdi (video)

Aktrisa Sug‘diyona Ubaydullayeva “Mening Yurtim” telekanalining “Omon-omon” tonggi dasturidagi suhbatda yaqinda namoyish etilgan “Cho‘pon va shaharlik qiz” filmi atrofidagi fikrlar haqida gapirdi.

Dastur boshlovchilari aktrisadan film syujetiga tayanib, “Shunaqa cho‘pon yigitga turmushga chiqqan bo‘larmidingiz? Aynan cho‘pon yigitdan sizga sovchi kelsa” deya so‘rashdi.

Sug‘diyona Ubaydullayeva so‘nggi paytlarda bu mavzu bo‘yicha ko‘plab xabarlar olayotganini aytdi.

“Izohlarda juda ham ko‘pchilik yigitlarimiz yozishyapti. Juda ko‘p ekan bunday cho‘ponlarimiz. Shunaqa mingta, besh mingta qo‘yi bor cho‘ponlarimiz direktimga yozishyapti. «Mening mingta qo‘yim bor, menga turmushga chiqarmidingiz? Men mana shu viloyatda turaman», degan juda ko‘p izohlar bor”, — dedi aktrisa.

Boshlovchilardan biri “Shunaqa holat bo‘lsa, «ha» dermidingiz?” deya qiziqdi.

“Bilmasam, o‘ylab ko‘rishim kerak. Lekin shunday samimiy, chapani, qalbi toza bo‘lsa, «ha» derdim, albatta”, — deya kulib javob berdi Sug‘diyona Ubaydullayeva.

Aktrisaning bu javobi ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr va munozaralarga sabab bo‘ldi.

Siz “Cho‘pon va shaharlik qiz” filmini tomosha qilganmisiz? Film va Sug‘diyonaning fikri haqida qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar