09:26 / 04.05.2021
3 648

Madaniyat vazirligi 1 may kuni o‘tkazilgan konsertda Sovet Ittifoqi bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan bayonot berdi


Foto: Facebook / @uzbrsgov
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 1 may kuni Toshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi oldida tashkil etilgan ochiq konsert vaqtida Sovet Ittifoqi bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu konsert davomida tomoshabinlar orasida kimlarningdir qizil bayroq ko‘targani holati aks etgan suratlar keng tarqalib, keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur vaziyatga Madaniyat vazirligi quyidagicha munosabat bildiradi.
Mixail Turetskiy musiqa xoldingi tomonidan 2018—2019 yillar davomida 14 ta davlatda konsert dasturlari namoyishi o‘tkazilgan. 2020 yilda ham pandemiyaga qaramay Yevropaning 13 ta davlatida konsert dasturlari tashkil etilgan.

Shuningdek, 2021 yilning 30 aprel kuni Dushanbe hamda 2 may kuni Bishkek shaharlarida ham xalqlar va millatlar o‘rtasidagi hamdo‘stlik, madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadiga yo‘naltirilgan musiqiy dasturlarni taqdim etgan.

Madaniyat vazirligi ushbu konsert dasturining O‘zbekistonda o‘tkazilishida hamkor hisoblanib, faqat sahnadagi jarayonlarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Ya’ni ishtirokchilarning sahnada o‘zini tutishi, milliy urf-odat va an’analarga zid bo‘lmagan musiqiy dasturlar taqdim etilishini nazorat qilib, namoyishning badiiy saviyasi, yetukligiga javobgar hisoblanadi.

Lekin bugun har birimiz milliyligimiz, tilimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz targ‘iboti yo‘lida xizmat qilar ekanmiz, buni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki o‘zimiz namuna ko‘rsatgan holda yetkazishimiz lozim deb bilamiz. Bunga shu yurtning har bir farzandini mas’ul deb hisoblaymiz
», — deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vazirligi 1 may kuni o‘tkazilgan konsertda Sovet Ittifoqi bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan bayonot berdi