Rossiya harbiylari Ukraina tomonida jang qilgan ikki amerikalikni asirga oldi

2 daqiqa o'qish1.6K
Rossiya harbiylari Ukraina tomonida jang qilgan ikki amerikalikni asirga oldi
Aleksandr Dryuke va Endi Xyuyn
Foto: The Telegraph

Ukraina tomonida jang qilgan amerikaliklar Aleksandr Dryuke va Endi Xyuyn rossiyalik harbiylar tomonidan asirga olindi, deb xabar bermoqda The Daily Telegraph ularning hamkasblariga tayanib.

Nashr manbalariga ko‘ra, tarkibida Dryuke va Xyuyn ham bo‘lgan guruh iyun oyi boshida Xarkov shimoli-sharqidagi shiddatli jangda dushmanning nisbatan ustunroq qo‘shinlariga duch kelgan.

Suhbatldoshlardan birining aytishicha, jang paytida, Dryuke va Xyuyn Rossiya jangovar tanklaridan birini granata bilan shikastlagan, ammo bu tank ekipajining e’tiborini tortgan va ular o‘q uzgan. Keyin tank Ukraina harbiylari tomonidan qo‘yilgan minaga uchrab portlagan. Amerikaliklarning shundan keyingi taqdiri noma’lum. Nashr suhbatdoshining taxminiga ko‘ra, Dryuke va Xyuyn yo mina portlaganda yoki tank ularga qarata o‘q uzganida hushlarini yo‘qotgan, shundan so‘ng ularni rus harbiylari olib ketgan.

The Daily Telegraph manbalarining ta’kidlashicha, ukrainalik harbiylar bedarak yo‘qolgan amerikaliklarni qidirish ishlarini tashkil qilgan, biroq ularning izi topilmagan. Ko‘p o‘tmay Telegram kanallaridan birida Xarkov yaqinida qo‘lga olingan ikki amerikalik haqida xabar paydo bo‘ldi, deya ta’kidladi ular.

Alabama shtatidan bo‘lgan 39 yoshli Aleksandr Dryuke avval AQSH dengiz piyodalari korpusida faoliyat ko‘rsatgan, uning qarindoshlari AQSH elchixonasi uning bedarak yo‘qolganidan xabardor ekanini, ammo uning tirik ekaniga ishonishini aytgan. 27 yoshli Endi Xyuyn ham avval dengiz piyodalari korpusida xizmat qilgan. Xyuynning Alabama shtatida yashaydigan qaylig‘ining aytishicha, 13 iyun kuni harbiylar u bilan bog‘lanib, Xyuynga nima bo‘lganini aytib bergan.

AQSH Davlat departamenti vakillari Ukrainada qo‘lga olingan ikki amerikalik haqidagi ma’lumotlarni tekshirayotgani va Ukraina rasmiylari bilan doimiy aloqada ekanini aytdi. Ular maxfiylik yuzasidan boshqa tafsilotlarni berishdan bosh tortdi.

Daily Telegraph nashrining qayd etishicha, agar Dryuk va Xyuyn haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, bu Ukrainada birinchi marta AQSH fuqarolarining asirga tushishi bo‘ladi.

9 iyun kuni DXR Oliy sudi Ukraina tomonida jang qilgan britaniyalik Shon Pinner va Eydin Eslinni, shuningdek, marokashlik Bragim Saadunni o‘limga hukm qilgan edi.

22 aprel kuni esa AQSH fuqarosi bo‘lgan 22 yoshli Uill Jozef Kensel Ukraina armiyasi safida jang qilayotganda halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?