Toshkentda Bo‘ri-yar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi

1 daqiqa o'qish149
Toshkentda Bo‘ri-yar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandi

Toshkent shahri xalq deputatlari Kengashi Yakkasaroy tumani Rakatboshi mahallasidagi Bo‘ri-yar ko‘chasini Pekin ko‘chasi deb qayta nomlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror 25 sentyabr kuni tasdiqlangan.

Kengash qarorida Yakkasaroy tumani hokimligining ko‘chani qayta nomlash bo‘yicha taklifi ma’qullangan. Masala avval Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasida ham ko‘rib chiqilgan.

Qarorga ko‘ra, Bo‘ri-yar ko‘chasidagi ko‘rsatkichlar va peshlavhalar uch oy ichida yangi nomga moslashtirilishi kerak. Shuningdek, ko‘chada joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining manzillari ham o‘zgartiriladi. Bu ishlar ikki oy ichida yakunlanishi belgilangan.

Yangi nom Rakatboshi mahallasi hududidagi Bo‘ri-yar ko‘chasiga tegishli. Ko‘cha bo‘yida Seoul Moon majmuasi joylashgan, kanalning qarama-qarshi tomonida esa Seul ko‘chasi o‘tgan.

Toshkent shahar Kengashining ko‘chani qayta nomlash to‘g‘risidagi qarori.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?