Oʻzbekistonda "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi

1 daqiqa o'qish240
Oʻzbekistonda "Davlat sirlari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi
2024 yil 27 dekabrda “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi

Qonun Oʻzbekiston manfaatlarini koʻzlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bogʻlik boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati prezident tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekistonda maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma'lumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur ma'lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:

- maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
- maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
- maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?