Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi

1 daqiqa o'qish823
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 7-yanvar kuni oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestrini joriy etish boʻyicha qonun loyihasini birinchi oʻqishda ma'qulladi. Ushbu reyestrda sud yoki boshqa organlar hujjatlari asosida oʻz majburiyatlarini bajara olmayotgan qarzdorlar haqidagi ma'lumotlar boʻladi.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, agar qarzdorning mol-mulki yoki daromadi undirish uchun yetarli boʻlmasa, ijro ishi yakunlangan deb hisoblanadi va cheklovlar bekor qilinadi. Yangi qonun loyihasi esa, qarzdorning majburiyatlarini toʻliq bajarishiga qadar cheklovlarni kuchda qoldirishni nazarda tutadi.

Reyestr Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladi va unga qarzdorning mol-mulkka ega emasligi yoki mablagʻlari yoʻqligi haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. Shuningdek, reyestrga kiritilgan qarzdorlar uchun soliq qarziga penya undirilmasligi Soliq kodeksida koʻzda tutilgan.

Barcha cheklovlar, masalan, mol-mulkni xatlash, chet elga chiqishni taqiqlash yoki hisobvaraqlarni bloklash, qarzdor oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmagunga qadar oʻz kuchida qoladi. Agar keyinchalik qarzdorning mablagʻlari yoki mol-mulki aniqlansa, majburiy ijro harakatlari qayta tiklanadi.

Qonunga koʻra, qarzdor reyestrdan faqat quyidagi holatlarda chiqariladi: qarzdor majburiyatlarini toʻliq bajarganda, vafot etganda, sud hujjati haqiqiy emas deb topilganda yoki 10 yil davomida qarzdorning mol-mulki aniqlanmasa. Shuningdek, qarzdor bankrot deb e'lon qilinganda reyestrdan chiqariladi.

Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi, oldinda ikkinchi va uchinchi oʻqish jarayonlari bor. Deputatlardan 138 nafari loyihani qoʻllab ovoz berdi, 2 nafari betaraf qoldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?