Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda oʻsimlik dunyosi ob'ektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar elektron auktsion orqali berilishi kutilmoqda.
Hayvonot dunyosi yoʻqotishlarining oʻrnini qoplash maqsadida 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududida ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilinishi kutilmoqda.
Bunda moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xoʻjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) etishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmaydi.
Shu bilan birga, ovchilarga muqobil mashgʻulot sifatida hududlarda oʻq otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.
Shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash maqsadida respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryo va soylarda 2025 yildan boshlab, har yili 15 tonnadan kam boʻlmagan chavoqlantirish ishlari amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistondan qoʻshni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
Oʻzbekistonda qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri joriy etiladi
9 yanvar kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Davlat sirlari toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
Oʻzbekistonda tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxati yangilandi
Toshkent viloyatida isitish va issiq suv narxlari oshadi
Oʻzbekistonning harbiy salohiyati qanday?