Toshkentda kompyuterxona yerto‘lasidan maymun topildi

Toshkentda kompyuterxona yerto‘lasidan maymun topildi

Toshkent shahridagi oddiy kompyuterxonaning yerto‘lasida yovvoyi maymun saqlanayotgani aniqlandi. Hayvon Ekologiya xodimlari reydi vaqtida tasodifan fosh bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-6 dahasidagi kompyuterxona yerto‘lasini tekshirish chog‘ida maymun borligi ma’lum bo‘lgan. Ekopolitsiya xodimlari holatni o‘rganib, hayvonni xavfsiz joyga olib chiqish choralarini ko‘rgan.

Maymunning keyingi parvarishi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida u Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yovvoyi hayvonlarni maxsus sharoitlarsiz va malakali nazoratsiz saqlash ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, bunday holatlar insonlar xavfsizligi uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar