Toshkentda yirik ma'lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish124
Toshkentda yirik ma'lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni Abu-Dabi shahriga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklari sun'iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda “Presight” kompaniyasi rahbari Tomas Pramotedam, “AIQ” kompaniyasi rahbari Magjan Kenesbay va “Khazna” kompaniyasi rahbari Hasan al-Naqbi, Muhammad bin Zoid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti prezidenti Erik Sing ham ishtirok etdi.

“Presight”, “AIQ” va “Khazna” kompaniyalari katta ma'lumotlar tahlili va sun'iy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Muhammad bin Zoid universiteti sun'iy intellekt sohasidagi tadqiqotlarga ixtisoslashgan dunyodagi birinchi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Uchrashuvda Amirlik kompaniyalari bilan ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish va ularni turli sohalarga muvaffaqiyatli joriy etishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yoʻllari koʻrib chiqildi.
Toshkentda yirik ma'lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Generativ sun'iy intellektni ishlab chiqish, shu jumladan energetika sohasida "katta til modellari"ni qoʻllash, Toshkentda yirik ma'lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Muhammad bin Zoid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti bilan almashinuvlarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Prezidentimiz talabalarni oʻqitish dasturini ishga tushirib, bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni qabul qilishni taklif etdi.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini birgalikda ishga tushirish, texnologik klasterlar tashkil etish va kontaktsiz toʻlov operatsiyalari uchun innovatsion yechimlarni joriy etish rejalari muhokama qilindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?