Toshkentda erkak to‘y tashkil qilaman deb firibgarlik qildi

1 daqiqa o'qish1.1K
Toshkentda erkak to‘y tashkil qilaman deb firibgarlik qildi
Toshkentda bir erkak fuqarolarga to‘y tashkil qilib berishni va’da qilib, ularning pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi, deb xabar berdi shahar IIB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi to‘yxonalardan birida administrator bo‘lib ishlagan. U mijozlardan buyurtmalar qabul qilgan, sanalarni kelishgan, menyuni tuzishda yordam bergan va avans olgan. Biroq, to‘y kuni yetib kelgan mijozlar restoranda hech qanday tayyorgarlik yo‘qligini ko‘rgan. Erkak bir necha kishini 66,3 million so‘m va 7,4 ming dollar miqdorida chuv tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

“Biz restoranga keldik, zalga kirsak – chiroq o‘chgan, stollar bo‘sh, hech narsa yo‘q. Hayratda qoldik. Allaqachon kech bo‘lib qolgandi, boshqa joyda to‘y tashkillashtirishning iloji yo‘q edi. Pul to‘laganmiz, lekin hech narsa yo‘q”, – deydi jabrlanuvchilardan biri.

Gumonlanuvchi esa zalni ijaraga olib, tadbirkorlik qilishni niyat qilganini ta’kidlagan. Shuningdek, u oldindan qarzlari bo‘lgani uchun odamlardan 15-20 million so‘m olganini va keyinchalik qaytarishni rejalashtirganini aytgan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan ish ochilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?