O‘zbekistonda limon narxi oshishi mumkin

1 daqiqa o'qish2.2K
O‘zbekistonda limon narxi oshishi mumkin
2025-yil 8-apreldan boshlab Turkiya limon eksportini vaqtincha to‘xtatdi, deb yozmoqda nova24.uz. Ushbu qaror mamlakat ichki bozorini sovuq havo sabab yuzaga kelgan ehtiyoj ortishidan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

So‘nggi kunlarda Adana, Mersin va Xatay viloyatlarida sovuq ob-havo kuzatildi. Shu sabab Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi limon eksportini to‘xtatish qarorini chiqardi. Zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ham ko‘riladi.

O‘zbekiston 2024-yilda 16,5 ming tonna limon import qilgan, shundan 10 024 tonnasi Turkiyadan olib kelingan. Xitoy (4 106 tonna) va Tojikiston (1 230 tonna) keyingi o‘rinlarda.

Qolgan yetkazib beruvchilar:
Eron – 499 tonna
Argentina – 382 tonna
Boshqa davlatlar – 235 tonna

Umuman olganda, Turkiya 2024-yilda 1,639 mln tonna sitrus mevalar eksport qilgan. Yirik xaridorlar:
Rossiya – 375 mln dollar
Iroq – 197 mln dollar
Ukraina – 108 mln dollar
Ruminiya – 49 mln dollar
Polsha – 48 mln dollar
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?