
O‘zbekistonda tezkor ovqatlanish tarmog‘i Burger King faoliyat boshlaydi, deb International Beverages Tashkent kompaniyasi asoschisi Shuhrat Ergashev ma’lum qildi, deya yozmoqda Nova24.uz.
Unga ko‘ra, Burger King restoranlari yaqin 2–3 oy ichida ishga tushiriladi. Ergashevning aytishicha, O‘zbekiston tomoni kompaniya bilan litsenziya masalasida kelishuvga erishgan.
— 10 yil avval biz Burger King va McDonald’s’ni O‘zbekistonga olib kirishga uringan edik. Endi esa o‘zimizni taklif qilishdi. Dastlabki ochilishlar Toshkentda, keyinchalik boshqa shaharlarda ham bo‘ladi, — dedi u.
Uning aytishicha, Burger King O‘zbekistonni Markaziy Osiyo bo‘yicha markaziy ofis sifatida ko‘rib, mintaqa bo‘ylab litsenziya tarqatmoqchi.
Ushbu brendlarning bozorimizga kirishi xorijiy investorlar uchun ijobiy signal bo‘lib xizmat qilishi mumkin, dedi Ergashev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar