18:53 / 22.11.2016
6 865

Navro‘z bayramini YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi

Navro‘z bayramini YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi

28 noyabrdan 2 dekabrga qadar Addis-Abebada Nomoddiy madaniy meroslarni qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mitaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Uning ishtirokchilari YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga mashhur odatlar va ijod shakllari — an’anaviy qo‘shiqlar, urf-odatlar va bayramlarni kiritish uchun berilgan 37 ta yangi arizani ko‘rib chiqadi.

Nomoddiy madaniy meroslarni qo‘riqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Nomoddiy madaniy merosni qo‘riqlash haqidagi konvensiya doirasida tashkil etilgan.

Uning bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sessiyasida Navro‘z bayramini madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi. Tegishli ariza bir guruh davlatlar — Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navro‘z bayramini YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi