O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning maoshi oshiriladi

1 daqiqa o'qish2.3K
O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning maoshi oshiriladi
1-iyuldan O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning oylik maoshi 20% ga oshiriladi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Shu sanadan boshlab tuman va shaharlarda sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishda yangi pilot loyiha amalga oshiriladi. 2026-yil 1-yanvardan esa bu model Samarqand viloyatining barcha hududlarida joriy qilinadi.

Pilot loyiha doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ishlovchi tibbiyot xodimlariga quyidagi miqdorda qo‘shimcha ustamalar belgilanadi:

• Chaqiruv asosida tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga — oylik maoshi yoki tarif stavkasining 50% miqdorida ustama.
• Tibbiy brigada uchun belgilangan normadan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatilsa — shaharlar uchun 0,3%, tumanlar uchun 0,5% miqdorida, eng kam ish haqining 10% ustama to‘lanadi.
• Oila salomatligi bo‘yicha maxsus dastur asosida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tibbiyot xodimlariga — sertifikat asosida tarif stavkasining 100% ustama.

Shuningdek, pilot loyiha doirasida tuman (shahar) markaziy shifoxonalari shifokorlarining oylik maoshi 20% ga, o‘rta tibbiyot xodimlarining oyligi esa 10% ga oshiriladi.

Oilaviy poliklinika va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun esa KPI ko‘rsatkichlariga asoslangan holda oylikning 100% gacha mukofot to‘lanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?