
O‘zgidrometning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 28 mayidan 2 iyuniga qadar O‘zbekistonning bir qator hududlarida yog‘ingarchilikning ko‘payishi natijasida sel va suv toshqinlari xavfi oshishi mumkin. Xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolar, sayyohlar hamda yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda.
Mutaxassislar bildirishicha, sel va toshqin holatlari respublikaning asosiy tog‘ hududlarida kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Quyida xavf kuchayishi mumkin bo‘lgan hududlar keltirilgan:
- Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobod tumanlari;
- Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonabod shahri.
Mahalliy hokimiyat organlari aholini xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda. Tog‘li hududlarda dam olish, sayr yoki sayohatni reja qilgan fuqarolar barcha ehtiyot choralarini ko‘rishlari talab etiladi. Shuningdek, haydovchilardan sel xavfi bor yo‘llarda ehtiyot bilan harakatlanishlari so‘ralmoqda.
Ob-havo sharoiti keskin o‘zgarib borayotgan bu kunlarda barcha yurtdoshlarimizdan mas’uliyat va hushyorlik so‘raladi. Tabiatni yengish mumkin emas, ammo ehtiyot choralari bilan xavfni kamaytirish har birimizning qo‘limizda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar