"Uzbektelecom" Humans da’volariga izoh berdi

1 daqiqa o'qish1.5K
"Uzbektelecom" Humans da’volariga izoh berdi
“Uzbektelecom” milliy aloqa operatori Humans kompaniyasining davlat idoralari tomonidan zarar yetkazilgani haqidagi da’volariga munosabat bildirdi, deb xabar berdi NOVA24. Kompaniya Humans tomonidan yuborilgan shikoyatlar va xalqaro arbitraj bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qildi.

2025-yil may oyida Humans Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga murojaat qilib, "Uzbektelecom"ga qarshi antimonopoliya ishi qo‘zg‘atishni so‘ragan. Ular davlat operatori “monopol yuqori narx” belgilagani va qarzdorlik sabab internet tezligini tushirganini aytishgan.

“Uzbektelecom” Humans o‘z tarmog‘iga investitsiya qilmagan virtual operator bo‘lib, 2020-yildan beri "Uzbektelecom" tarmog‘i asosida xizmat ko‘rsatib kelayotganini ta’kidladi.

Kompaniya Humans'ga nisbatan bosim o‘tkazilayotgani haqidagi da’volarni haqiqatga zid deb baholadi. Aksincha, Humans Ucell, Beeline, Mobi.uz kabi boshqa operatorlar bilan ham ishlash huquqiga ega.

"Uzbektelecom" Humans kompaniyasi tomonidan shartnoma majburiyatlari tizimli ravishda buzilgani va katta miqdordagi qarzlar to‘lanmaganini ma’lum qildi. Bunga qaramay, xizmatlar foydalanuvchilar huquqlarini buzmaslik uchun davom ettirilgan.

2025-yil 8-may kuni Toshkent shahar iqtisodiy sudi "Uzbektelecom" da’vosini qanoatlantirib, Humans'dan qarzni undirishga qaror chiqargan.

Kompaniya noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishda davom etsa, o‘z obro‘sini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqini saqlab qoladi. “Uzbektelecom” ochiqlik, halol raqobat va qonunlarga rioya etishga sodiq ekanini, Humans bilan ham ochiq muloqotga tayyorligini ma’lum qildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?