
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 6–9 iyun kunlari yog‘adigan kuchli yomg‘irlar tufayli tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel oqimlari hamda suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda "O‘zgidromet" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, intensiv yomg‘irlar natijasida tog‘lardagi daryo va soylarda suv miqdori keskin oshishi, yer qoplami yumshab, turli suv toshqinlari va sel hodisalariga sabab bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Qashqadaryo viloyatida: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.
Surxondaryo viloyatida: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida ham ehtiyotkorlik talab etiladi.
Samarqand viloyatida: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida suv toshqinlari ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlar ro‘yxatiga kiritildi.
Navoiy viloyatida: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida yashovchilar sel xavfidan ogohlantirildi.
Jizzax viloyatida: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida ham hushyorlikni saqlash zarur.
Toshkent viloyatida: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari aholisi va sayyohlar uchun ehtiyot choralarini ko‘rish lozimligi qayd etilgan.
Namangan viloyatida: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida ham suv toshqini xavfi mavjudligi aytilmoqda.
Farg‘ona viloyatida: So‘x, Farg‘ona, Beshariq va Shohimardon tumanlarida ham ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Andijon viloyatida: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri aholisi ogoh bo‘lishi kerak.
Tog‘ va tog‘oldi hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam olish uchun yo‘l olgan sayyohlar hamda yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ehtiyotkorlikni oshirishlari va kerakli xavfsizlik choralarini ko‘rishlari zarur.
Mutaxassislar ba’zi hududlarda kuchli yog‘ingarchilik suvning to‘planishiga va aholi yashaydigan joylarda suv bosish hodisasiga olib kelish ehtimoli borligini alohida ta’kidlab, barchani ogohlikka chaqirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar