O‘zbek yoshlari uchun Yaponiyada ishlash imkoniyatlari kengaymoqda

2 daqiqa o'qish1.3K
O‘zbek yoshlari uchun Yaponiyada ishlash imkoniyatlari kengaymoqda
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va fuqarolar huquq hamda manfaatlarini to‘liq himoya qilish maqsadida O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining Tokioga amalga oshirgan tashrifi samarali natijalar bilan yakunlandi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Yaponiyaning qator davlat idoralari, jumladan, Tashqi ishlar, Adliya, Yer, infratuzilmalar, transport va turizm, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Immigratsiya xizmati, Xalqaro hamkorlik agentliklari, texnik stajirovka dasturlari hamda xalqaro malakali ishchi kuchi bilan ishlovchi tashkilotlar rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, delegatsiya Kanagava prefekturasi gubernatori bilan uchrashib, mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar jarayonida mehnat migratsiyasini tashkillashtirish, ishchi kuchi oqimini diversifikatsiya qilish, yosh mutaxassislarni Yaponiya mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish masalalari asosiy e’tibor markazida bo‘ldi. Yapon tomoni, xususan, tashkillashtirilgan ishga joylashtirishni muhim deb hisoblashini va bu orqali ishchilar huquqlari kafolatlanishiga katta ahamiyat qaratayotganini bildirdi.

Tashrif doirasida Kanagava prefekturasida "O‘zbekistonning inson resurslari sohasidagi salohiyati" mavzusida yirik anjuman tashkil etildi. Tadbirda Yaponiyaning 100 ga yaqin yetakchi ish beruvchi kompaniyalari, rekruting agentliklari va davlat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi. Forumda so‘zga chiqqan Yaponiya kompaniyalari rahbarlari O‘zbekiston ishchilaridagi mas’uliyat, intizom va mehnatga bo‘lgan yondashuvni yuqori baholab, yurtimizdan yanada ko‘proq ishchi kuchi jalb etish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Aniq aytganda, yaponiyalik ish beruvchilar o‘zbekistonlik fuqarolarning mehnat jarayonida o‘zini yaxshi ko‘rsatayotgani, tilga tez moslashayotgani va mehnat intizomi yuksakligini alohida qayd etishdi. Bunday fikrlar Yaponiyada O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

Sammit va muzokaralar natijasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika, haydovchilik, qurilish va boshqa sohalarda O‘zbekistondan mehnat resurslarini jalb qilish bo‘yicha qator kelishuvlar imzolandi. Bu hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Ushbu tashrif, shubhasiz, o‘zbekistonlik ish izlovchilar uchun Yaponiya mehnat bozoridagi imkoniyatlarni yanada ochiq va aniqlashtirilgan holatga keltirdi. Shuningdek, davlatlar o‘rtasida tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashish amaliyoti fuqarolar huquqlarini kafolatlash, shaffoflikni ta’minlash va noqonuniy migratsiyaning oldini olishda muhim qadam bo‘ladi.

O‘zbekistonning xalqaro maydonda inson kapitali salohiyatini namoyon etishi, fuqarolar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?