Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi

1 daqiqa o'qish12.1K
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Toshkent xalqaro aeroportida «Qo‘noq» brendi ostidagi kapsula mehmonxona rasman ochildi, deb Uzbekistan Airports xabar qildi. Mehmonxona terminalning ro‘yxatdan o‘tish (registratsiya) zonasida — nosteril hududda joylashgan. Endi yo‘lovchilar o‘z reysini kutayotganda qulay dam olish imkoniyatiga ega.

Mini-otelda 6 ta zamonaviy kapsula mavjud: 4 ta standart bir kishilik va 2 ta oilaviy (ikki kishilik) kapsula.

Har bir kapsula — shovqinga chidamli, yopiq va shaxsiy hudud bo‘lib, unda ortopedik matrasli qulay to‘shak, yotoq jihozlari, individual shamollatish tizimi, sozlanadigan yoritish, elektr rozetkalar va USB-portlar mavjud. Mehmonlar uchun shuningdek, shaxsiy seyf, ko‘zgular, kiyim ilgich va soatli ekran ham taqdim etilgan. Kapsulada optimal mikroiqlim saqlanadi.

Tariflar:

Yakka kapsula:
. 4 soatgacha – 400 000 so‘m
. 6 soatgacha – 600 000 so‘m
. 8 soatgacha – 800 000 so‘m

Oilaviy kapsula:
. 4 soatgacha – 600 000 so‘m
. 6 soatgacha – 800 000 so‘m
. 10 soatgacha – 1 000 000 so‘m

Bu xizmat tranzit yo‘lovchilar yoki reysdan oldin bir necha soat oldin kelgan mehmonlar uchun juda qulay yechim hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Qo‘noq» brendi ostidagi yana bir mehmonxona Toshkent aeroportining sterillangan zonasida allaqachon ikki yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?