Toshkent tumanida ko‘p qavatli uylar ta’mirlanmoqda

1 daqiqa o'qish646
Toshkent tumanida ko‘p qavatli uylar ta’mirlanmoqda
Aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda, deb Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Xususan, Toshkent tumanidagi “Ozodlik” mahallasidan joy olgan ko‘p qavatli uylar bosqichma-bosqich joriy ta’mirdan chiqarilmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlari doirasida uylarning tom qismlari yangilanmoqda, tashqi devorlari esa zamonaviy materiallar bilan qoplanmoqda. Shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalari — suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimi va elektr tarmoqlari ham tekshirib chiqilib, zarur hollarda yangilanmoqda.

Aholi fikriga ko‘ra, bunday o‘zgarishlar nafaqat yashash sharoitini yaxshilaydi, balki mahallaning umumiy qiyofasini ham tubdan o‘zgartiradi. Fuqarolar tashabbusi va davlat ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar mahallada ijobiy kayfiyat va birdamlikni kuchaytirmoqda.

Ta’mirdan chiqqan uylar nafaqat mustahkamligi, balki estetik ko‘rinishi bilan ham alohida e’tiborga loyiq.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?