Naqd pulga uy olish taqiqlanishi mumkin

1 daqiqa o'qish383
Naqd pulga uy olish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda naqd pulda yirik xaridlar qilish cheklanishi mumkin, deb Uz24.uz xabar berdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi:

. Katta summadagi xaridlar — jumladan, uy-joy va avtomobil savdolari — bosqichma-bosqich faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

. Birinchi navbatda ko‘chmas mulk savdolarini naqd pulsiz shaklga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Mubin Mirzayevning ta’kidlashicha, hozirda uy sotish va sotib olish jarayonlari asosan naqd pul yoki to‘lov xizmatlari orqali amalga oshirilmoqda. Yangi loyiha esa bu jarayonni qonuniy tarzda, bank aylanmasi orqali amalga oshirish va tegishli rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi.

Aslida, bu boradagi rejalar o‘tgan yilning bahoridayoq ma’lum qilingan edi — ya’ni uy-joy, ko‘chmas mulk va avtomobil bitimlarini faqat bank orqali amalga oshirish taklif etilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?