O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 20 yillik energiya kelishuvi

1 daqiqa o'qish376
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 20 yillik energiya kelishuvi
O‘zbekiston Tojikistondagi Rog‘un GES orqali elektr energiyasi xarid qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kursiv.media. Tojikiston hukumati Toshkent bilan elektr ta’minoti bo‘yicha kelishuv loyihasini tasdiqladi. Hujjat matni Adlia saytida e’lon qilingan.

Elektr energiyasi uchun to‘lov “Uzenergosotish” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. 1 kVt/soat narxi QQS bilan birga 3,4 AQSh sentini tashkil etadi. Ikkinchi yildan boshlab narx har yili 1% ga oshib boradi.

Shuningdek, Tojikistonning “Barki Tochik” energetika kompaniyasi ham O‘zbekistonga qo‘shimcha elektr yetkazib berishni rejalashtirgan.

Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi bu kelishuv 20 yil davom etadi va keyinchalik 10 yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin. Nizo va kelishmovchiliklar esa muzokaralar va maslahatlar orqali hal etiladi.

Rog‘un GES Tojikistondagi eng yirik gidroelektrostansiya bo‘lib, Vaxsh daryosida qurilmoqda. Uning quvvati 3,6 ming megavattga teng. 2018 yilda birinchi, 2019 yilda esa ikkinchi agregat ishga tushirilgan.

2024 yilda Tojikiston 2,7 milliard kVt/soat elektr energiyasini eksport qilgan (yillik 7,8% kamayish). Asosiy xaridorlar: Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston. O‘zbekiston o‘tgan yili elektr energiyasi uchun $18,4 million to‘lagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?