date

Toshkentdan Samarqand va Andijonga to‘lovli yo‘llar quriladi

Toshkentdan Samarqand va Andijonga to‘lovli yo‘llar quriladi

Toshkentdan Samarqand va Andijon shaharlariga olib boruvchi to‘lovli avtomagistrallar qurilishi 2026 yilda boshlanishi belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasida mazkur loyiha rasman qayd etilgan. Unga ko‘ra, Toshkent–Samarqand va Toshkent–Andijon yo‘nalishlarida xalqaro standartlarga mos, zamonaviy va xavfsiz to‘lovli avtomagistrallar quriladi.

Avvalroq bu loyihalarni 2025 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan edi, ammo texnik va tashkiliy sabablarga ko‘ra, ular 2026 yilga ko‘chirildi.

Shu bilan birga, vazirlik xalqaro avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, mavjud yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati va xavfsizligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqmoqda.

Yangi yo‘llar yurtimizning transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ichki va tashqi logistika oqimlarini yaxshilash, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdan Samarqand va Andijonga to‘lovli yo‘llar quriladi