O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan ushbu mamlakatga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Avzadada bo‘lib o‘tadigan BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etadi. Ushbu tadbir transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, savdo jarayonlarini soddalashtirish, iqtisodiy islohotlar, iqlim o‘zgarishi va ekologik xatarlarga tayyorlik, shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalariga bag‘ishlanadi.
Konferensiya yakunida Avzada siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan tadbirda ham qatnashadi.
Tashrif doirasida Prezident bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!