O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tartibi qonuniy asosda mustahkamlandi. Yaqinda qabul qilingan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun ushbu sohaga oid faoliyatni tartibga solish uchun huquqiy zamin yaratdi.
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan yoki ko‘paytiriladigan barcha hayvonlar maxsus tartibda identifikatsiya qilinib, ro‘yxatga olinishi shart. Bu sohada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi vakolatli davlat organi etib belgilanadi.
Qonunda hayvonlarni ro‘yxatga olish muddatlari aniq ko‘rsatilgan:
– qoramol, qo‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kun o‘tgach;
– otlar – 4 oydan keyin;
– cho‘chqalar – 1 oydan keyin;
– it va mushuklar – 3 oydan keyin.
Mazkur muddatlardan so‘ng 1 oy ichida hayvonlar ro‘yxatga olinishi va identifikatsiya qilinishi lozim. Shuningdek, chetdan olib kiriladigan hayvonlar mamlakatga kirganidan keyin 21 kun ichida hisobga olinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!